O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati chegarada yana uchta o‘tkazish punktini ochishni rejalashtirmoqda. Tarmoqlarda O‘zbekiston tomoni 2010-yilda faoliyati to‘xtatilgan “Bekobod-Xonobod” NO‘P yaqinidagi devorni buzayotgani aks etgan video tarqaldi. “Qorasuv” va “Kara-Bagish” NO‘Plarning ham ochilishi kutilmoqda.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod Jeenbek Kulubayev Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida yana 3−4 ta nazorat-o‘tkazish punktlari ochilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu masala ikki davlat bosh vazirlari uchrashuvida ko‘tarilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting